07:40, Avgust 19, 2025
/
511

Har bir talaba uchun zarur bo‘lgan onlayn xizmatlar

 Zamonaviy avlod talabalariga o‘qish davomida eng keraklisi — bu albatta onlayn xizmatlar. Chunki ular orqali navbatlarsiz va hech qanday ovvoragarchiliklarsiz istalgan muammoni masofadan turib hal qilsa bo‘ladi. O‘qish, imtihonlar, stipendiyalar, yotoqxona, fanlarni tanlash va boshqa ko‘plab jarayonlarni onlayn tarzda boshqarish mumkin. Bu esa talabalar uchun qulaylik va samaradorlikni oshirish imkonidir. Shu sabab ham har bir talaba o‘qish davomida o‘ziga kerak bo‘ladigan eng muhim onlayn xizmatlardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. Ushbu maqolada talabalarga kerakli bo‘lgan bir nechta sayt va platformalar haqida gapiramiz.

my.gov.uz – Interaktiv davlat xizmatlari portali

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun yagona davlat xizmatlari markazi bo‘lgan my.gov.uz portali orqali talaba quyidagi onlayn xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

  1. Talabalik guvohnomasini olishingiz va uni onlayn tarzda qayta rasmiylashtirishingiz.
  1. Yotoqxona uchun ariza topshirishingiz.
  2. Stipendiya va ta’lim kreditlari uchun ariza yuborishingiz.
  3. Diplom va hujjatlarni elektron shaklda olishingiz.
  4. Magistratura va boshqa bosqichlarga ariza topshirishingiz.
  5. Malaka oshirish va sertifikat olish bo‘yicha arizalar topshirishingiz mumkin.

Sayt manzili: https://my.gov.uz ushbu platforma o‘zida ta’limga oid oltmishga yaqin xizmatlarni jamlagan.

Oliy ta’lim,fan va innovvatsiyalar vazirligi sayti maxsus havolasi orqali esa ta’limga oid me’yoriy hujjatlar, grantlar, talabalar uchun yangiliklar va onlayn testlar topish mumkin.

Oliy Taʼlim Muassasalari Uchun Maxsus Onlayn Platformalar

tube.edu.uz.

O‘zbekiston oliy ta’limining rasmiy video darslari va ma’ruzalarini jamlagan platforma. Bu orqali mustaqil o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz.

Sayt manzili: https://tube.edu.uz

audiobook.edu.uz

Audio shakldagi darslik va o‘quv materiallari talabalar uchun, ayniqsa harakatda o‘qishni davom ettirayotganlar uchun qulay sayt.

Sayt manzili: https://audiobook.edu.uz

diplom.edu.uz

Saytida esa rasmiy diplomlarni va boshqa hujjatlarni elektron shaklda olish, ularni tekshirish imkoniyati mavjud.

Sayt manzili: https://diplom.edu.uz

Stipendiya va kreditlarni kuzatish uchun

my.gov.uz orqali stipendiyalar bo‘yicha so‘rovlar va hisob-kitoblarni onlayn tekshirishingiz mumkin.

Bundan tashqari:

1. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish uchun https://my.gov.uz/uz/service/323

2. Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnomaning dublikatini olish uchun https://my.gov.uz/uz/service/477

3. Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish uchun https://my.gov.uz/uz/service/871

4. O‘qish va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish uchun https://my.gov.uz/uz/service/413

5. Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish uchun (https://my.gov.uz/uz/service/622)

6. Chet tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlariga ariza yuborish uchun (https://my.gov.uz/uz/service/559).

7. Yoshlar uchun zarur boshqa xizmatlar (https://my.gov.uz/uz/spheres/29)

8. Ta’lim bilan bog‘liq xizmatlar (https://my.gov.uz/uz/spheres/8)

9. Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq xizmatlar (https://my.gov.uz/uz/spheres/5)

10. Madaniyat, turizm va sport bilan bog‘liq xizmatlari (https://my.gov.uz/uz/spheres/10) uchun ushbu havolalar orqali o‘tib eng yaqin fursatda kerakli ma’lumotni olishingiz mumkin. Maqola foydali bo‘lgan bo‘lsa do‘stlaringizga ham ulashing. Shuningdek Avlod mediaga obuna bo‘lishni unutmang.

Fikrlar (0)
Avval yangilari