11:40, Avgust 19, 2025
/
603

Ta’lim krediti qanday olinadi?

Mamlakatimiz Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim krediti berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Avlod media batafsil tushuntiradi.

Kimlar ta’lim kreditidan foydalana oladi?

Ta’lim kreditlari faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi. Bu kreditlar oliy ta’lim va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har bir talaba o‘z o‘qish to‘lovlarini to‘lashda foydalanishi mumkin.

Ta’lim kreditining miqdori qancha?

Birinchi kursga qabul qilinganlar uchun talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-shartnomasida ko‘rsatilgan miqdorda. Ya’ni universitet belgilagan miqdor qancha bo‘lsa, shuncha summa beriladi. Qat’iy belgilangan cheklov mavjud emas. Ammo ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun, agar o‘rtacha baho “3” dan past bo‘lsa, to‘lov-kontraktning ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida kredit beriladi.

Ta’lim kreditining ajratilishi qanday amalga oshiriladi?

Ta’lim krediti ajratilishi uchun talaba to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz https://kontrakt.edu.uz/ ) va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS https://my.hemis.uz/ ) axborot tizimlarida mavjud bo‘lishi kerak.

Professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun esa, ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz https://prof.edu.uz/login ) tizimida bo‘lishi talab etiladi.

Ta’lim krediti qancha muddatga beriladi?

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Ya’ni ta’lim muddatinini tugatgach yettinchi oydan to‘lov boshlanadi va 7 yil muddatga beriladi.

Ta’lim krediti stavkasi qancha?

Ta’lim krediting asosiy stavkasi 0 % dan 14 % gacha. Xotin-qizlar uchun foizsiz (0 stavkada). Markaziy bankning asosiy stavkasi ko‘tarilgan taqdirda, ta’lim krediti uchun mablag‘larni ajratish bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Ta’lim kreditini qanday rasmiylashtiriladi?

Talim kreditini  https://talim-krediti.uz/  orqali olish mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari