14:41, Avgust 25, 2025
/
391

Talaba qizlar kontraktini toʻlab berishi uchun hokimliklarga murojaat qilishi mumkin

Talaba qizlar kontraktini toʻlab berishi

Har yili Respublikaning barcha hududidan 150 nafar talaba qizlar o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab berishi haqida xabar bergan edik. Faqat bunda ayrim me’zonlar mavjud. Kimlar bu imtiyozdan foydalana oladi? Avlod media batafsil yoritadi.

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 585-son qarori  bilan tasdiqlangan nizomga ko’ra hokimliklari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

a) kam ta’minlangan oila yoki kambag‘al oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila, kambag‘al oila deganda “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot moduli orqali kambag‘al oila deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;

b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;

v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan mazkur mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab, arizani har yili 10 kalendar kun ichida oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga taqdim etishi mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari