11:25, Avgust 25, 2025
/
252

Ta’lim granti bo‘yicha savollarga javob

Xabaringiz bor 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti faqat 1 o‘quv yili uchun ajratila boshlagan. Keyingi kurslarda grantni qo‘lga kiritish uchun esa talabalar yangi mezonlarga javob berishi kerak bo‘ladi. Avlod media ko‘p uchraydigan savollarga javob beradi.

1-kurs uchun ta’lim granti qanday bo‘ladi?

Ta’lim granti birinchi kursda davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq, kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalar orasida taqsimlanadi. Grantni qo‘lga kiritgan talabalar bir yil davomida kontrakt to‘lovidan ozod bo‘ladi. Ammo 1 yildan so‘ng bu ustunlik amal qilmaydi.

2-kurs va undan keyingi bosqichlarda grantni qanday olish mumkin?

Ikkinchi va undan yuqori kurslarda ta’lim granti akademik reytingi yuqori bo‘lgan hamda ijtimoiy faol talabalar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Eslatib o‘tamiz 2024/2025 o‘quv yilida talaba bo‘lganlar, ya’ni hozirgi 2- kurslar orasida grantlar allaqachon shu tartib bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Stipendiya olish shartlari

Stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga beriladi.

Qisman grant olgan talabalar uchun stipendiya nazarda tutilmagan.

Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grantlar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki ijtimoiy faolligi yuqori bo‘lgan talabalarga davlat granti to‘liq o‘qish davri uchun taqdim etilishi belgilangan.

Bu turdagi grantni qo‘lga kiritgan talabalar kontrakt va boshqa xarajatlardan ozod qilinadi.

Tavsiya

Agar siz bu yil 1- kursga qabul qilingan bo‘lsangiz va kelasi o‘quv yilida ham grand asosida o‘qish maqsadingiz bo‘lsa, yaxshiroq harakat qilishingiz kerak. Baholaringizni yaxshilashga va ijtimoiy faol bo‘lishga harakat qiling.

Fikrlar (0)
Avval yangilari