12:47, Avgust 27, 2025
/
254

Iordaniya bilan Oliy ta’lim sohasida hamkorlik bitimi imzolandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Bundan tashqari tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolangan. Nega ta’lim sohasida aynan Iordaniya bilan hamkorlik qilinmoqda? Avlod media tahlil qiladi.

Iordaniya Yaqin Sharq mintaqasida eng ilg‘or oliy ta’lim tizimlaridan biriga ega bo‘lgan davlat sifatida tan olingan. Mamlakatda 30 dan ortiq universitet faoliyat yuritadi, ularning bir qismi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan. Masalan, Jordan University of Science and Technology (JUST) hamda University of Jordan universitetlari mintaqadagi nufuzli ilmiy markazlar sirasiga kiradi.

Hamkorlikdan kutilayotgan natijalar

● Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi

● Qo‘shma ta’lim dasturlari va diplomlar

● Arab tili va islomshunoslik yo‘nalishlari rivoji

● Tibbiyot va muhandislik sohasida tajriba almashinuvi

Ta’limdagi hamkorlik O‘zbekiston uchun qanday manfaat olib kelishi mumkin?

● Ta’lim tizimining xalqaro darajaga chiqishi

● Xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etilishi

● Kadrlar salohiyatining oshishi

Iordaniya oliy ta’lim tizimi haqidagi qiziqarli faktlar

1. Iordaniyada taxminan 41,000 dan ortiq xalqaro talaba 109ta mamlakatdan o‘qimoqda. Bu mamlakatni Xalqaro talabalarga ochiq ekanini ko‘rsatadi.

2. Ilmiy-akademik infratuzilma va sifat nazorati

O‘qish kredit-soatlar tizimiga asoslangan, ingliz tili keng qo‘llanadi, akademik dasturlar xalqaro akkreditatsiyalarga ega. Masalan, Engineering, Medical Science va Business Administration dasturlari xalqaro agentliklar tomonidan akkreditatsiya qilingan.

3. Germaniya bilan o‘quv hamkorlik (German-Jordanian University) 

GJU 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Germaniya fan-tadqiqot maktablari modeli asosida ishlaydi. Talabalar oxirgi bir yilni Germaniyada o‘tkazadilar: yarim kursda o‘qish, yarim kursda amaliyot.

4. Tadqiqot va xalqaro dasturlar 

E’lon qilingan dasturlarda Erasmus, Amman ochiq universiteti, AQSh-Germaniya va Britaniya institutlari bilan hamkorlik mavjud. Masalan, Jordanian universitetlari Erasmus orqali Yevropada ikki yillik magistrlik yoki qo‘sh diplom dasturlarini amalga oshirishadi.

5. Ayollar ta’limidagi baland ko‘rsatkichlar 

Iordaniyada ayollar savodxonlik darajasi 98,1% ni tashkil qiladi — bu MENA mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik ikki davlat uchun ham  manfaatli bo‘lishi mumkin. Bu boradagi dastlabki qadamlar qo‘yildi, endi navbat ularni sifatli amalga oshirishda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari