“Perevod”chilar uchun o‘qish qachondan boshlanadi?

Hozir o‘qishini ko‘chirgan ko‘plab talabalarni o‘ylantirayotgan savollardan biri bu – ularga darslarning qachondan boshlanishidir. “Avlod media” jamoasi esa aynan “Perevod” qilish borasidagi dolzarb savollarga javob topishingizga yordam beradi. Maqolani diqqat bilan o‘qib chiqing!!!
Perevod uchun aloqa xati va hujjatlar topshirish muddati:
Eng avvalida xorijiy va nodavlat ta’lim muassasaslaridan davlat oliygohiga yetarli ball to‘plab o‘qishini ko‘chirayotgan talabalar ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasidan aloqa xatini olishi zarur.
Shu bilan birga bir davlat oliygohidan boshqasiga o‘qishini ko‘chirishga tavsiya qiolingan talabalar ham aynan shu tartibda aloqa xatini olishlari kerak bo‘ladi.
Aloqa xatini olgandan so‘ng talabgorlar eng ko‘pida 10 kun muddat ichida avval o‘zlari o‘qigan oliygohdan zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Fanlar farqi va o‘quv bosqichi
Kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida topshirgan talabalarga o‘zlari topshirgan fakultet tomonidan fanlar farqi taqdim etiladi va shu asosida o‘quv bosqichi belgilanadi.
To‘lov-shartnoma muddati
Shundan keyingina talabgorlar 15-oktabr sanasiga qadar to‘lov shartnomaning 25 foizi miqdorida kontraktni to‘lashlari kerak bo‘ladi. Aks holda ular talabgorlar safidan chetlashtirilishi mumkin hamda talabalar safiga qabul qilinmaydi.
Guruhlar masalasi
“Perevod”chilar uchun alohida kurs yoki guruh ochilishi majburiy emas. Talabalar sonidan kelib chiqib ularga yangi guruh ochilishi yoki mavjud guruhlarga qo‘shib o‘qitilishi ham mumkin.
Xulosa shuki o‘qishni qachondan boshlashi bu albatta talabaning aloqa xatini qanchalik tez olishi, hujjatlarni topshirishi va kontrakt to‘lovini to‘lashi bilan bog‘liq jarayon. Bu bosqichlarni qanchalik tez bajarsangiz talabalar safiga qabul qilinishingiz ham shuncha tez bo‘ladi. Shu kabi talabalar hayotinga oid yangilik va maqolalarni kuzatib borish uchun Avlod media saytiga kirish qismining o‘ng tomonidagi odamcha tugmasini bosib, ro‘yxatdan o‘tib qo‘ying.