11:13, Sentabr 3, 2025
/
267

Tarmoqlarni “gullatayotgan” yotoqxona reklamalari

Avgust va sentabr oylarida yaxshi turar-joy topish talabalar uchun asosiy masalaga aylanadi. Talabalar oqimi ko‘paygan payti, maklerlarning “davri” keladi. Ammo gap bu haqida emas. Tarmoqni “gullatayotgan” yotoqxona reklamalari haqida.

Siz ham “kiyimli” deb atashga uyaladigan bir ayol, instagram reelslari ichidan chiqib, yigitlar uchun yotoqxona bor deb reklama qilayotganini ko‘rgandirsiz. Bu o‘zi yotoqxona reklamasimikan deb o‘ylab ham qoladi odam. Chunki ijaraga turar-joy taklif qilinayotganda, uning qulayligi, sharoitlari, nimalar bor-u nimalar yo‘qligi ko‘rsatilishi kerak. O‘rtaga chiqib raqs tushayotganlar emas. 

Hammasi e’tibor jalb qilish va shu orqali mijoz to‘plashga qaratilgani aniq. Ammo qonunchilikda bunga nisbatan javobgarlik bor. Ozbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” gi qonunga ko‘ra: “Reklamada milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqalanadi” deyilgan. Nega bugun o‘sha qonunlar ishlamayabdi. Tadbirkorga nisbatan esa hech qanday qonuniy jazo qo‘llanilmayabdi. Bu muhim savol ostidagi masala.

Reklamalarda kreativlik bo‘lishi kerak. Ammo “kreativlik” yuqoridagi kabi bo‘lmasligi aniq. Ayrimlar buni tushunmayabdi yoki tushunsada jamiyat qoidalariga va qonunda belgilangan majburiyatlarga qo‘l siltayabdi. Masalaga ommaviy e’tibor berilishini so‘raymiz!

Fikrlar (0)
Avval yangilari