08:45, Sentabr 15, 2025
/
354

Magistraturaga super-kontraktga kirgan xotin-qizlarning ham kontrakti to‘lab beriladimi?

2022-yil 15-avgustdagi Hukumat qarori 447-sonli qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarga to‘lov-kontraktning to‘liq summasini (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasi to‘lovlari bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoblab beriladi.

Ya’ni bunda magistraturaga super-kontrakt asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakti davlat hisobidan to‘lab berilmaydi.

Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi.

Muhim: Qarorga ko‘ra, 15-sentyabrdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari