10:06, Sentabr 18, 2025
/
950

Qanday holatlarda talaba kursdan-kursga qoldirib yuboriladi?

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilingan. Unga ko’ra, talabaga oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldiriladi:

–  belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmaganida (akademik qarzdor boʻlganda), akademik reyting-modul tizimi asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga bundan mustasno;

–  belgilangan muddatlarda akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan taʼlim yoʻnalishlarida semestr va oʻquv yili yakuni natijasi boʻyicha GPA oʻtish ballining qiymatiga yetmaganida;

–  malakaviy amalga qatnasha olmagan, shu jumladan, malakaviy amaliyoti yakunida qoniqarsiz baholanganida.

Kursda qoldirilgan talaba toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini o’zlashtirmagan tegishli o’quv semestri boshidan boshlaydi.

Talabaga oʻquv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklar (kreditlar)ni o’tkazish va jamlash tizimi joriy etilgan oliy ta’lim tashkilotlarida akademik qarzdorligi tufayli kursda qoldirilgan talabalar tegishli o’quv semestridan boshlab faqat o’zlashtira olmagan fanlarini takroran o’qiydi.

Kursda qoldirilgan talaba oʻqishini davom ettirish uchun talabalar taʼlim o’qishini qayta tiklash uchun belgilangan muddatlarda oliy ta’lim tashkilotiga ariza bilan murojaat qiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari