14:22, Aprel 11, 2025
/
196

IT sohasidagi xalqaro sertifikatga ega yoshlarning o‘qish harajatlari qoplab beriladi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 51-sonli qaroriga muvofiq, “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish harajatlarini qoplab berishni so‘rab, Davlat xizmatlari markazi (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.

Talabgorning xalqaro IT sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi. Xalqaro IT sertifikatlar boshlang‘ich darjada bo‘lganda 30 foiz, o‘rta darjada bo‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bo‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan harajatlar qoplab beriladi.

Subsidiya bitiruvchisi IT xizmatlari eksporti sohasida talab yuqori bo‘lgan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olgan hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT park) rezidenti maqomiga ega bo‘lgan IT xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga qabul qilingan nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘rnatiladigan mezonlarga muvofiq ajratiladi. Subsidiya olish hamda xalqaro IT-sertifikatlariga ega yoshlarning o‘qish va ushbu serifikatlarni olish harajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul ko‘rsatiladi. Qaror bilan batafsil, lex.uz saytida tanishishingiz mumkin!

Fikrlar (0)
Avval yangilari