14:36, Iyul 2, 2025
/
532

“Perevod” qachondan boshlanadi?

Odatda 15-iyuldan 5-avgustgacha xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilina boshlaydi. “Perevod”ni kimlar, qay tartibda amalga oshira oladi, qanday holatda o‘qishni ko‘chirish uchun ruxsat berilmaydi? Ushbu jarayonda paydo bo‘ladigan savollarga quyida batafsil javob olishingiz mumkin.

Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn topshirsalar bo‘ladi:

xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan);

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan;

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Izoh: O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalararo o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

 Imtihon qay tartibda o‘tkaziladi?

Imtihonda talaba mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshirishi kerak. Shu bilan birga, talaba Bilim va malakalarni baholash agentligi imtihonidan o‘tish ballini to‘plashi kerak. Bu yerda talaba uchun qo‘shimcha imkoniyat bor. Agar u belgilangan ballni to‘play olmasa, superkontraktni to‘lab ham o‘qishni ko‘chirishi mumkin.

Biroq bu tartib faqat mos va turdosh yo‘nalish talablari uchun amal qiladi. Xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda talaba mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi va o‘tish ballini ham to‘plashi kerak bo‘ladi. Bunday talaba o‘tish ballini to‘play olmasa, superkontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishiga ruxsat beriladi.

Shu yerda muhim jihat: mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik superkontrakt to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. Bu tartib xorijiy davlatdan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishi uchun amal qilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda o‘qishni ko‘chirish imtihonlarida (xorijiy yoki nodavlat OTMlardan davlat OTMlarga o‘qishini ko‘chirish maqsadida) 41 122 nafar talaba imtihonga qatnashdi va ulardan 4 433 nafari, ya’ni 10,8 %, talabga javob berdi, qolgan 89,2 % esa yetarli ballni to‘play olmagan.

Quyida 2024/2025-o`quv yili uchun xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari

Fikrlar (0)
Avval yangilari