“Avlod Grant” – endi kontraktingizning yarmini biz to‘laymiz!

Ziyo Forum talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi loyihani e’lon qiladi
“Avlod Grant” — Ziyo Forum fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan ijtimoiy-ta’limiy tashabbus bo‘lib, uning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlar orasida ta’lim motivatsiyasini kuchaytirishdan iboratdir.
Kimlar ishtirok eta oladi?
O‘zbekiston Respublikasidagi har qanday (davlat, nodavlat, xususiy) oliy ta’lim muassasasining bakalavr hamda magistratura bosqichidagi to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy shaklda tahsil oluvchi talabalari. Super-kontrakt asosida talaba bo‘lganlar ham qatnashsa, bo‘ladi.
Eslatma: Davlat grantidagi talabalar, shuningdek, kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qoplab beriluvchi magistr xotin-qizlar ishtirok etishi ta’qiqlanadi! Da’vogarlarning talabalik holati Hemis yoki Digital platformalaridagi ID raqamlari orqali tekshiriladi.
Qancha miqdordagi kontrakt summasi necha kishiga to‘lab beriladi?
Umumiy 5 nafar g‘olibning 50 foiz, ammo 6 million 180 ming so‘m miqdoridan oshmagan shartnoma to‘lovlari fond hisobidan to‘lab beriladi. Grant faqatgina OTM hisob raqamiga o‘tkaziladi, naqd pul shaklida berilmaydi.
Tanlov necha bosqichda o‘tkaziladi?
Tanlov asosiy 2 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ishtirokchilar
– Ziyo Forum, Avlod Media, Ziyo app Telegram kanallariga;
– Ziyo Forum, Avlod Media, Ziyo App Instagram sahifalariga obuna bo‘lishlari lozim.
Saralash 22-noyabrgacha davom etadi.
❗️Ma’lumot o‘rnida, talabgor Instagram va Telegram sahifalariga ega bo‘lishi shart.
Ikkinchi bosqichda esa saralashdan o‘tgan ishtirokchilar orasida Kahoot onlayn viktorinasi tashkil etiladi hamda sovrindorlar aniqlanadi. G‘oliblar soni belgilangandan kam yoki ko‘p bo‘lgan taqdirda fond hududida individual tarzda “Zakovat” o‘yini tashkil etiladi.
*Eslatib o‘tamiz, agar online viktorina g‘oliblari Nizomda ko‘rsatilgan Telegram hamda Instagram sahifalariga 22-noyabr sanasidan so‘ng obuna bo‘lgan taqdirda ularning yutuqlari bekor qilinadi. Faqatgina saralash bosqichi yakuniga qadar platformalarga obuna bo‘lgan ishtirokchilargina g‘olib deb topiladi.
Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring:
Ariza topshirish 👈
Qo‘shimcha savollar uchun @AvlodMediaAdmin telegram akkountiga murojaat qilishingiz mumkin.