Toshkentda 6 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Toshkent shahridagi Oqqo‘rg‘on ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 6 ta avtobus yo‘nalishining harakat sxemasi vaqtincha o‘zgartirildi.
O‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlarga taalluqli:
2 va 136-sonli avtobuslar – “Gidrometeorologiya markazi” bekatigacha qisqartiriladi.
58 va 199-sonli avtobuslar – vaqtincha faqat “NBU Sport kompleksi” bekatigacha qatnaydi.
88-sonli avtobus – Katta Darxon, Kichik halqa yo‘li va Parkent ko‘chalari orqali aylanma yo‘nalishda harakatlanadi.
89 va 95-sonli avtobuslar – Osiyo, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik va Parkent ko‘chalari orqali o‘zgartirilgan sxemada qatnaydi.
Ta’mirlash ishlari sababli yaqin ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelishi, avtobuslar harakat oralig‘i uzayishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
Ushbu yo‘nalishlardan foydalanadigan talabalar uchun yaqin oliygohlar:
– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
– Inha University in Tashkent
– Toshkent davlat texnika universiteti
– Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Harakat yo‘nalishi qachon to‘liq tiklanishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan