Ayrim oliygohlarning masofaviy ta’lim şaklida kontrakt qimmatroq bölişi mumkin

Özbekistonda Mudofaa vazirligi tizimidagi ayrim oliy harbiy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim uçun kontrakt narxi davlat belgilagan miqdordan qimmatroq bölişi mumkin. Bunda talabani öqitiş xarajatlariga qöşimça 20 foiz qöşib hisoblaş taklif etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-noyabrda e’lon qilingan ID-11871 (V-2) raqamli qarori loyihasiga köra, Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining masofaviy bakalavriatida kontrakt narxi bir talabani öqitişga sarflanadigan mablağlardan kelib çiqib belgilanişi kutilmoqda.
Kontrakt narxi qanday hisoblanadi?
Yangi tartibga köra, dastlab oliygoh bir talabani masofaviy şaklda öqitişga qança mablağ sarflanişini hisoblaydi. Keyin uşbu summa Davlat komissiyasi belgilagan kontrakt miqdori bilan soliştiriladi. Agar talabani öqitiş xarajatlari davlat belgilagan kontrakt narxidan yuqori bölsa, xarajatlarga qöşimça 20 foiz qöşib hisoblanadi.
Masalan, Davlat komissiyasi kontrakt narxini 8 mln söm etib belgilagan bölsin. Biroq oliygoh bir talabani öqitiş uçun 10 mln söm sarflanişini hisoblab çiqsa, uşbu summaga yana 20 foiz, ya’ni 2 mln söm qöşiladi. Natijada, talaba davlat belgilagan 8 mln söm örniga 12 mln söm kontrakt tölaşi mumkin. Ammo bu şartli misol bölib, kontraktning amaldagi narxini anglatmaydi.
Muhim jihati, yangi tartib barça harbiy oliygohlarda kontrakt avtomatik ravişda 20 foizga qimmatlaşişini anglatmaydi. Qöşimça hisoblaş faqat bir talabani öqitiş xarajatlari Davlat komissiyasi belgilagan kontrakt miqdoridan yuqori bölganda qöllanadi.
Şu sababli ayrim yönalişlarda yakuniy kontrakt narxi davlat belgilagan summadan sezilarli darajada yuqori bölişi mumkin.
Kontrakt narxini kim belgilaydi?
Loyihaga muvofiq, masofaviy ta’lim uçun kontrakt narxi tegişli oliy harbiy ta’lim muassasasi tomonidan hisoblab çiqiladi. Hisoblangan summa öquv yili boşlanişidan bir oy oldin Mudofaa vazirligining Harbiy kadrlarni tayyorlaş boşqarmasi orqali Mudofaa vaziriga tasdiqlaş uçun taqdim etiladi. Tasdiqlangan kontrakt narxlari Mudofaa vazirligining rasmiy veb-saytida barça ta’lim yönalişlari, oliy harbiy ta’lim muassasalarining saytlarida esa tegişli yönalişlar böyiça e’lon qilinadi.
Kontrakt tölovlari qaçongaça amalga oşiriladi?
Hujjatda kontrakt summasini bosqiçma-bosqiç tölaş muddatlari ham nazarda tutilgan.
Unga köra:
25 foizi – talabalikka tavsiya etilgan nomzodlar tomonidan 1-oktyabrgaça, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalari tomonidan 1-dekabrgaça;
50 foizi – 1-yanvargaça;
75 foizi – 1-martgaça;
100 foizi – 1-maygaça tölanişi kerak.
Bunda körsatilgan foizlar şu sanagaça tölangan mablağning jami miqdorini anglatadi. Tölov muddatlari oliy harbiy ta’lim muassasasi tomonidan uzaytirilişi mumkin.
Kontrakt puli qaytarilişi mumkinmi?
Ha, loyihada talaba akademik ta’tilga çiqqanda, uning öqigan davri uçun haqiqatan sarflangan xarajatlar çegirib taşlanib, oldindan tölangan mablağning qolgan qismini yozma murojaat asosida qaytariş nazarda tutilgan. Öquv yili davomida öqişga qabul qilingan yoki qayta tiklangan talabalar esa faqat öquv yilining qolgan davri uçun tölov qiladi. Şuningdek, talaba öquv intizomini buzganligi, bir semestr davomida uzrsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganligi yoki kontraktni öz vaqtida tölamaganligi sababli öqişdan çetlaştirilsa, tegişli semestr uçun tölangan mablağ qaytarilmaydi.Xuddi şunday, fanlarni belgilangan muddatda özlaştira olmagani sababli kursdan qoldirilgan talabaning ham tegişli semestr uçun tölovi qaytarilmasligi belgilangan.
Kontraktdan tuşgan mablağlar nimaga sarflanadi?
Kontraktdan tuşgan mablağlar nimaga sarflanadi?
Qaror loyihasiga köra, masofaviy ta’lim uçun tölangan kontrakt mablağlari oliy harbiy ta’lim muassasasining daromadi hisoblanadi. Uşbu mablağlar professor-öqituvçilar va mutaxassislarning iş haqi, ta’lim jarayonini taşkil etiş, kompyuter va laboratoriya jihozlarini xarid qiliş, dasturiy ta’minot, aloqa xizmatlari hamda moddiy-texnik bazani rivojlantiriş kabi xarajatlarga yönaltirilişi mumkin.
Loyihada mazkur mablağlarni birinçi navbatda iş haqi, masofaviy ta’lim uzluksizligini ta’minlaş, kommunal xizmatlar va ijara xarajatlariga sarflaş belgilangan.
E’tiborli jihati, taklif etilayotgan tartib Özbekistondagi barça davlat va nodavlat universitetlariga emas, faqat Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining masofaviy bakalavriatiga taalluqli.
Hujjat hozirça loyiha maqomida bölib, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar undagi qoidalar özgartirilişi mumkin.
Aslida, masofaviy ta’lim kunduzgi ta’limga qaraganda arzonroqqa tuşişi kerak emasmi? Unda nima uçun ayrim harbiy oliygohlarda bir talabani öqitiş xarajatlariga yana 20 foiz qöşib hisoblaş taklif etilmoqda?
Ra’no Nusratilloyeva