Bauman universitetida yo‘nalishlar soni oshirilmoqda

N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkentdagi filiali kelgusida ta’lim yo‘nalishlari va davlat granti asosidagi o‘rinlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Filialda ta’lim to‘liq Toshkentning o‘zida olib boriladi. Ya’ni talabalar o‘qishni davom ettirish uchun Moskvaga borishlari shart emas.
Bu haqida “Rossiya ta’limi. Toshkent – 2026” ko‘rgazmasida universitet qabul komissiyasi loyiha boshqaruvi vakili Daniil Kondrashev Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, filial faoliyatining dastlabki yilida 3 ta ta’lim yo‘nalishiga 60 nafar talaba qabul qilingan. Hozirgi yo‘nalishlarning aksariyati IT sohasi bilan bog‘liq.
Shuningdek, kelgusida universitet ta’lim yo‘nalishlari sonini oshirish, davlat granti asosidagi o‘rinlarni ko‘paytirish va Toshkentda filialning o‘ziga tegishli alohida binosi yoki o‘quv maydonini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Dilnoza Zaripova