09:55, Iyun 4, 2026
/
782

Ba’zi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi

“Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish to‘g‘risida” gi (3515-2-son) qaror bilan joriy qonunchilikka o‘zgartirtishlar kiritildi.

Asosiy yangiliklar quyidagicha:

➖TOEFL iBT sertifikatidagi yangi ballik tizim:
TOEFL iBT xalqaro sertifikati endilikda an’anaviy 120 ballik tizimdan tashqari 6 ballik yangi tizim asosida ham baholanadi (masalan, 42–71 ball = 3-3.5; 72–94 ball = 4-4.5; 95–113 ball = 5-5.5; 114–120 ball = 6).
Eski va yangi tizimning amal qilishi: 2026-yil 21-janvarga qadar 120 ballik tizimda olingan hamda ushbu sanadan keyin yangi 6 ballik tizimda olingan (olinadigan) TOEFL iBT sertifikatlari oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga (magistratura, doktorantura) o‘qishga kirishda uning amal qilish muddati tugagunga qadar to‘liq imtiyoz beradi.

➖Digital SAT sertifikatiga minimal chegara o‘rnatildi:
OTMga kirishda imtiyoz beruvchi xalqaro Scholastic Assessment Test (Digital SAT) sertifikati bo‘yicha minimal ko‘rsatkich 750 ball etib belgilandi.
Eski sertifikatlar 2026-yil 3-iyun sanasiga qadar 700 ballik tizim asosida olingan eski Digital SAT sertifikatlari olingan talabgorlar uchun imtiyozlar sertifikatning amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qoladi.

➖Kasbiy/Texnikum ta’limidan oliy ta’limga o‘tish:
Ro‘yxatdagi va izohlardagi barcha “professional ta’lim” tushunchalari rasman “kasbiy ta’lim” deb o‘zgartirildi. Shuningdek, xorijiy tillar va umumta’lim fanlari sertifikatlari ro‘yxatida kasbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda oliy ta’limga kiruvchi talabgorlar uchun sertifikatlarning muvofiqlik darajalari (IELTS, CEFR, TestDaF va boshqalar) qaytadan aniq tahrirda tasdiqlandi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari