Ekologik beton yaratgan talaba respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi

Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich talabasi Saida Saydirhmonova plastik chiqindilarni qayta ishlash asosida yaratilgan “EcoBind” ekopolimer beton loyihasi bilan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi.
Loyiha plastik chiqindilarni foydali qurilish materialiga aylantirish orqali ekologik muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Talabaning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya asosida ishlab chiqarilgan beton yengilroq, arzonroq va mustahkamroq. Bundan tashqari, loyiha an’anaviy beton ishlab chiqarishda atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini kamaytirishga ham yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taxminan 8 million 240 ming so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti olishlari mumkin.