09:44, Avgust 20, 2026
/
1,3 тыс

Bo‘lajak shifokorlar jangovar dronlarni boshqarishni o‘rganadi

Rossiya davlat ijtimoiy universiteti (RGSU) tibbiyot fakultetining birinchi bosqich talabalari o‘quv dasturiga yangi fanlar kiritildi.

Endilikda bo‘lajak tibbiyot mutaxassislari ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha treninglardan o‘tishi hamda jangovar uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UAV) foydalanish asoslarini o‘rganishi kutilmoqda. Bu haqda “Iqtisodiyot va undan tashqari” Telegram kanali xabar berdi.

Shuningdek, talabalar dasturiga “Rossiya dinlari tarixi”, “Rossiya davlatchiligining asoslari” kabi gumanitar fanlar hamda “Zamonaviy qahramonlar – uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlari” nomli maxsus kurs kiritilgan.

Yangi fanlarning aksariyati nazariy va ma’ruza shaklida, onlayn formatda o‘tkaziladi.

Mazkur o‘zgarish Rossiyadagi fuqarolik oliygohlari va kollejlarda taktik tibbiyot, axborot xavfsizligi hamda uchuvchisiz apparatlarni boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlarni joriy etish tendensiyasi fonida amalga oshirilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari