14:00, Avgust 11, 2026
/
199

Bugun “perevod” uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni

Xorijiy va nodavlat OTMlardan O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish uchun my.gov.uz orqali ariza topshirgan talabalar diqqatiga! 11-avgust – xizmat uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirishning oxirgi kuni.

To‘lov miqdori – BHMning 0,5 baravari, ya’ni 205 ming so‘m.

Agar to‘lov bugun kun yakuniga qadar amalga oshirilmasa, ariza holati bekor bo‘lib qolishi mumkin.

To‘lovni my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yoki mobil ilovalar yordamida onlayn amalga oshirish mumkin.

Muhim: ariza topshirgan bo‘lsangiz, shaxsiy kabinetingizga kirib, to‘lov holatini bugunoq tekshirib qo‘ying.

Fikrlar (0)
Avval yangilari