07:40, Iyul 30, 2026
/
243

Bugun qabulning 2-bosqichi bo‘yicha barcha savollarga javob beriladi



2026-yil 30-iyul
kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi.

Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.

Shuningdek, qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha batafsil video qo‘llanma bu yerda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari