BuxDU rektori lavozimidan ketdimi?

Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidovga oid ma’lumotlar oliygoh rasmiy saytining rahbariyat bölimidan olib taşlangani ortidan uning lavozimidan ozod etilgani yoki boşqa işga ötkazilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holatga aniqlik kiritiş maqsadida “Avlod Media” universitet axborot xizmati rahbari Otabek Jalolov bilan boğlandi. U rektorning lavozimiga oid masalada hozirça aniq ma’lumot yöqligini, tegişli buyruq çiqişini kutişayotganini bildirdi.
Ayni paytda ayrim naşrlar Obidjon Xamidov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani, uning vazifasini esa öquv işlari böyiça prorektor Rustam Jumayev vaqtinça bajarayotgani haqida xabar berdi. Biroq universitet axborot xizmati bu ma’lumotlarni hozirça rasman tasdiqlamadi.
Buyruq yarim kundan beri çiqmadi, şekilli. Rasmiy xabar ham berilmadi. Rektorga oid ma’lumotlar esa universitetning rasmiy saytidan olib taşlangan. Demak, qaysi sabab bilan bölsa ham, 99 foiz ehtimol bilan rektor “ketdi”.

Rasmiy bayonot keçiksa keçiksin, muhimi, axborot keçikmasin😉
Ra’no Nusratilloyeva