15:39, Aprel 4, 2025
/
139

Buxoro davlat tibbiyot institutini bitirgan hindistonlik yoshlarga milliy sertifikatlar topshirildi

Buxoro davlat tibbiyot institutini 2024 yilda bitirgan bir guruh hindistonlik yoshlar shifokorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma olish bo’yicha milliy imtihondan muvaffaqiyatli o’tdi. 
 
2024-yilda Hindistonning Telangana shtatidan 150 nafar o‘g‘il va qiz Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan tomomlagan edi. Ulardan qariyb 80 foizi birinchi urinishdayoq milliy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan.

 
Gap shundaki, chet davlatlardagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarini bitirgan barcha yosh mutaxassislar Hindiston Tibbiyot kengashining malaka imtihonidan (Foreign Medical Graduates Examination – FMGE) o‘tishi kerak. Mamlakatdagi eng murakkab imtihonlardan birining natijalari tibbiyot sohasida faoliyat yuritish uchun ruxsat olish huquqini beradi.
 
“Buxoro davlat tibbiyot institutida sifatli bilim olishimiz uchun qulay imkoniyatlar taqdim etildi. O’quv jarayoni xalqaro talablar darajasida tashkil etildi. Biz O’zbekiston va Hindistonda nashr etilgan darsliklar asosida ta’lim oldik. Nazariy bilimlarimizni tibbiyot muassasalaridagi amaliyot hamda institut o’quv simulyatsiya markazidagi mashg’ulotlar davomida boyitib bordik. Bugun men amaliy faoliyat yuritishim uchun sertifikatni qo’lga kiritib turganimdan baxtiyorman, – dedi institut bitiruvchisi Charishma Parla (Hindiston).
 
Hindiston fuqarolarining O’zbekistondagi davlat tibbiyot institutlarini tanlashiga sabab, xorijliklar uchun ta’lim berish ingliz tilida olib borilishidir. O’zbekiston institutlari Hindiston bo’ylab tavsiya etilgan oliy tibbiyot bilim yurtlari ro’yxatiga kiritilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari