Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
“Byudjetga kiritib qo‘yaman”… (video)

Qirg‘izistonning Osh shahridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tibbiyot kollejiga o‘qishga kirish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi. GKNB xodimlari abituriyentlarni byudjet asosida o‘qishga kiritish evaziga muntazam ravishda pul olish holatlarini aniqlagan.
Ma’lum qilinishicha, ayrim shaxslar abituriyentlarning o‘qishga kirish masalasini ijobiy va tezkor hal qilib berish uchun pul talab qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur noqonuniy faoliyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom etmoqda.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти