Claude AI jinoyatchilar qo‘lida (mi?)

Anthropic kompaniyasi sun’iy intellektdan jinoyatchilar qanday foydalanayotgani haqida katta hisobot e’lon qildi. Unda Claude’dan firibgarlikdan tortib, josuslik va qurol-yarog‘ ishlab chiqishgacha bo‘lgan turli maqsadlarda foydalanilgan holatlar keltirilgan.
Jumladan, Xitoyda 20 ta soxta tanishuv platformasidan iborat tarmoq yaratilgan. Atigi ikki hafta ichida bu platformalarda 4,7 mingdan ortiq AI-personaj yaratilgan va ular kamida 25 ming kishi bilan muloqot qilgan. Keyinchalik ayrim foydalanuvchilardan pul undirilgan.
Shuningdek, qurol-yarog‘ ishlab chiqish bilan bog‘liq 6 ta holat aniqlangan. Ulardan birida Claude boshqariladigan raketa uchun dasturiy ta’minot, boshqasida esa torpedaga qarshi tizim yaratishda qo‘llangan.
Bundan tashqari, Eronda Claude ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarni kuzatish uchun Firefox kengaytmasi yaratishda ishlatilgan. AI yordamida yuz minglab postlar tahlil qilinib, kuzatuvga olinishi kerak bo‘lgan 39 ta muxolif akkaunt aniqlangan.
Bu esa hisobotda qayd etilgan holatlarning faqat bir qismi. Anthropic’ning jinoyatchilar AI’dan qanday foydalanayotgani haqidagi to‘liq hisobotini quyidagi havola orqali o‘qish mumkin.