15:17, Noyabr 14, 2025
/
650

Dam olish kunlarini uyda o‘tkazish uchun zo‘r bahona

Kuz — issiq shokolad, romantika va nostalgiya fasli. Kuz yakunlanishiga oz qoldi, Biz esa Siz uchun uning oxirgi 5 ta dam olish kunini uyda unutilmas o‘tkazish imkonini yaratuvchi 5 ta mashhur film ro‘yxatini tuzib chiqdik!

1. When Harry Met Sally…

Kuz deyilganida birinchi esga tushadigan film. Nyu-Yorkning oltin barglari ostida kechgan samimiy suhbatlar, o‘rtacha ritm, toza romantika. Harry va Sally o‘rtasidagi do‘stlikning muhabbatga aylanishini eng chiroyli ko‘rsatilgan kino.

2.Good Will Hunting

Aqlli yigitning qalbidagi jarohatlar, mehr va ishonch orqali ochilgan haqiqiy salohiyat… Filmning ohangi, musiqasi va chuqur dialoglari aynan kuzga xos mulohazali kayfiyat beradi. Robin Williamsning ruhiy kuchga to‘la o‘rni esa filmni yanada unutilmas qiladi.

3. Hocus Pocus

Kuzning chet eldagi eng mashhur timsoli — Halloween. Bu film esa shu faslning quvnoq, sehrli tomonini ochib beradi. Uch sehrgar opa-singillar taqdiri g‘alati sarguzashtlar va yengil komediya, xullas, uzun kuzgi kechalarda kayfiyatni ko‘taradi.

4. Knives Out

Detektiv, sirlar, sokin uydagi kuz manzaralari va nihoyatda aqlli syujet. Rian Johnson bu filmda kuzgi estetikani va ajoyib dialoglarni mukammal uyg‘unlashtirgan. Tomosha davomida ham hayajon, ham zavq bor.

5. Practical Magic

Sehr, opa-singillar muhabbati, romantika va biroz drama. To‘q ranglar, shamlar, uy iliqligi — barchasi filmni kuzga juda mos qiladi. Bir oz sehrli, bir oz nostaljik — aynan Sizga kerakli kayfiyat.

Filmlarning o‘zbek tilida tarjimasi bormi yoki yo‘q – aniq bilmaymiz. Ro‘yxatni ijtimoiy tarmoqlardagi Top asosida tuzdik. Biroq izlagan imkon topar😉

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari