09:07, Iyul 17, 2026
/
1,5 тыс

“Датчик” – sezgich, “эможи” – hisbelgi: bir qancha atamalarning o‘zbek tilidagi muqobillari e’lon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid xorijiy oʻzlashmalarning oʻzbekcha muqobillari roʻyxati rasmiy muomalaga kiritilganligi ma’lum qilindi.

Tashkilot xabariga ko‘ra, mazkur amaliyot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanadа rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, farmon bilan tasdiqlangan Konsepsiyada ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, komissiya turli sohalardagi xorijiy atamalarni muntazam ravishda tahlil qilib, ularning ilmiy asoslangan hamda o‘zbek tili qoida va me’yorlariga to‘la javob beradigan muqobillarini ishlab chiqmoqda.

Yangi tasdiqlangan ro‘yxatdan o‘rin olgan xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari endilikda barcha rasmiy hujjatlar, ilmiy ishlar va davlat organlari muomalasida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari