12:44, Iyul 16, 2026
/
1,3 тыс

Tezkor: Davlat grantini qayta taqsimlash jarayoni uchun arizalar qabuliga start berildi!

Ushbu jarayonda qatnashish niyatida bo‘lgan talabalar my.hemis.uz portali orqali onlayn tarzda arizalarini yo‘llashlari mumkin.

📝 Arizani qanday topshirish kerak?

➖my.hemis.uz platformasiga kirasiz.

➖”Mening grantim” bo‘limini ochasiz.

➖Ro‘yxatdan “Grant arizalari” qatorini tanlaysiz.

➖“Ariza yaratish” tugmasi orqali yangi ariza shakllantirasiz.

➖O‘zingizga mos keluvchi grant turini ko‘rsatasiz.

➖“Saqlash” tugmasini bosish orqali ma’lumotlarni tasdiqlaysiz.

Grantlar uchun arizalar 2026-yilning 15-iyulidan 20-iyuliga qadar qabul qilinadi.

Muhim eslatma: Arizangizni jo‘natishdan avval kiritilgan barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligiga yana bir bor ishonch hosil qiling. Sababi tasdiqlangan arizani keyinchalik o‘zgartirish yoki bekor qilishning imkoni yo‘q.

Fikrlar (0)
Avval yangilari