10:59, Sentabr 16, 2026
/
3,7 тыс

Diplom darajasiga qarab yangi ustamalar to‘lanadi

2026-yil 10-sentyabr kuni qabul qilingan “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-191-son Prezident Farmoni bilan tibbiyot ta’limi va oylik maoshlarni hisoblash tartibida jiddiy yangiliklar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, endilikda qancha ko‘p o‘qisangiz (bakalavr, magistratura, rezidentura), maoshingizga shuncha ko‘p ustama qo‘shiladi.

O‘quv tizimidagi o‘zgarishlar (2027/2028-o‘quv yilidan boshlab):  

O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlaydigan 2 yillik o‘quv dasturlariga qabul butunlay to‘xtatiladi. “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” (bakalavriat) yo‘nalishida tahsil oluvchilar uchun rivojlangan xorijiy davlatlarning OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari (joint-degree) yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu sohada ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida “Tibbiy hamrohlik ishi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturi ochiladi.

O‘qishni bitirgach qancha ustama olasiz?

2027-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot, farmatsevtika va soha pedagoglarining oylik maoshiga (bazaviy tarif stavkasiga) har oy qo‘shib beriladi.

Bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot birodarlariga (og‘alariga) – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 baravari;

 Magistraturani tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2 baravari;

Oila tibbiyoti bo‘yicha rezidenturani tugatgan oilaviy shifokorlarga hamda xuddi shu yo‘nalishda magistraturani bitirgan pedagog kadrlarga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 4 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari