Qariyb 169 milliondan boshlanadi: Diplomatiya “super” narxlarini e’lon qildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kirish imtihonlarida to‘plagan bali tasdiqlangan to‘lov-kontrakt kvotasiga yetmagan abituriyentlarni qo‘shimcha (oshirilgan to‘lov-kontrakt) asosida talabalikka qabul qilish miqdorlarini tasdiqladi.
Yo‘nalishlar kesimida yangilangan narxlar:
Yurisprudensiya:
Stipendiyasiz — 303 750 000 so‘m
Stipendiyali — 311 064 576 so‘m
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar:
Stipendiyasiz — 168 750 000 so‘m
Stipendiyali — 176 064 576 so‘m
Xalqaro munosabatlar:
Stipendiyasiz — 168 750 000 so‘m
Stipendiyali — 176 064 576 so‘m
Siyosatshunoslik:
Stipendiyasiz — 168 750 000 so‘m
Stipendiyali — 176 064 576 so‘m
Shuningdek, universitet tabaqalashtirilgan to‘lov miqdorini 2026-yil 31-oktyabrga qadar to‘liq amalga oshirgan abituriyentlarga 10% chegirma berilishi haqida ham yozmoqda.