DXX huzuridagi muassasaga qabul boshlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga 2027/2028-o‘quv yili uchun qabul boshlandi. Nomzodlarning hujjatlari 2026-yil 5-sentyabrdan 5-oktyabrgacha joylardagi DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari orqali qabul qilinadi.
Kimlar hujjat topshira oladi?
Litseyga:
– umumta’lim maktablarining joriy o‘quv yilida 9-sinfida tahsil olayotgan;
– sog‘lig‘i bo‘yicha o‘qishga yaroqli deb topilgan;
– saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan;
– O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan erkak jinsli nomzodlar qabul qilinadi.
Qaysi fanlar chuqur o‘qitiladi?
Litsey aniq va tabiiy hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan.
Bu yerda:
– matematika;
– fizika;
– davlat va huquq asoslari;
– xorijiy tillar
chuqurlashtirib o‘qitiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarga ingliz, fors, pushtu va dariy tillari ham o‘rgatiladi.
Sertifikat egalari uchun imtiyozlar bor
Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega nomzodlarga ushbu fandan imtihonsiz eng yuqori ball beriladi.
Umumta’lim fanlaridan A+ yoki A darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lganlarga ham tegishli fandan eng yuqori ball beriladi.
B+, B, C+ yoki C darajadagi sertifikat egalari esa sertifikatdagi natijasiga mos ravishda proporsional ball oladi.
Bitiruvchilarga qanday imkoniyatlar beriladi?
“Yosh chegarachilar” litseyi bitiruvchilariga oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirishda qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.
Jumladan, ular:
– oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan ballining 30 foizi miqdorida;
– boshqa davlat OTMlariga kirishda esa 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, bitiruvchilarga “B” va “C” toifali haydovchilik guvohnomasi ham beriladi.
Litseyda imtiyozli diplom bilan bitirganlar esa tegishli oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz, harbiy-kasbiy saralashdan muvaffaqiyatli o‘tish sharti bilan kirish huquqiga ega.