EGU: Lukashenko qo‘rqadigan universitet(mi)?

1992-yilda Minskda Yevropa andozalari bo‘yicha ochilgan Yevropa gumanitar universiteti (EGU) 12 yildan so‘ng Belarus hukumati tomonidan yopildi. Natijada universitet qo‘shni Litvaga (Vilnyus shahri) ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi va belaruslar uchun mustaqil ta’lim oladigan asosiy maskanga aylandi.
Biroq 2026-yilda vaziyat yanada jiddiylashib, Belarus rasmiylari EGUni “ekstremistik tashkilot” deb e’lon qildi. Endi bu oliygohda o‘qish va dars berish o‘z vatanida uzoq muddatli qamoq xavfini tug‘diradi, talaba hamda o‘qituvchilar uchun esa uyga qaytish yo‘li berkiladi.
BBC muxbirlari Vilnyusga tashrif buyurib, muhim savollarga javob izlagan. Maxsus xizmatlar (KGB) talabalarni o‘ziga og‘dirish uchun qanday bosim o‘tkazgan va bu taqiq xavfi ostida universitetni nima kutmoqda?
Batafsil ma’lumotlar bu yerda.