14:15, Oktabr 30, 2026
/
702

Endi avtobuslar “peak” payti har 3-5 daqiqada keladi

Toşkentda tiğiz vaqtlarda avtobuslar 3–5 daqiqada, metro poyezdlari esa 2–3 daqiqada harakatlanişi rejalaştirilmoqda. Özgarişlar noyabr oyidan boşlab bosqiçma-bosqiç joriy etilişi kutilmoqda.

Toşkent şahrida jamoat transporti xizmatlari sifatini oşiriş va yölovçilar uçun qulayliklarni yaxşilaş maqsadida avtobus hamda metro harakati intervallarini qisqartiriş rejalaştirilmoqda.

Toşkent xalq deputatlari Kengaşining 2026-yil III çorak yakunlari böyiça qabul qilgan qaroriga muvofiq, asosiy avtobus yönalişlariga qöşimça transport vositalarini jalb etiş orqali harakat intervalini 3-5 daqiqagaça qisqartiriş çoralari işlab çiqiladi.
Mazkur özgarişlar ertalab soat 07:00 dan 09:30 gaça hamda keçqurun 17:00 dan 19:30 gaça bölgan tiğiz vaqtlarda amalga oşirilişi belgilangan. Tegişli işlarni 15-noyabrdan boşlaş topşirilgan.

Şuningdek, tiğiz vaqtlarda avtobuslar harakati uçun qat’iy jadvallar joriy etiladi. Ularning bajarilişi markazlaşgan dispetçerlik xizmati va GPS monitoringi orqali har kuni nazorat qilib boriladi. Metro yönalişlarida ham harakat intervalini qisqartiriş çoralari köriladi. Metropoliten 20-noyabrga qadar poyezdlar harakati oraliğini 2-3 daqiqagaça qisqartiriş, şuningdek, Çilonzor, Özbekiston, Yunusobod va yer usti halqa yönalişlarida 5 vagonli poyezdlar harakatini yölga qöyiş böyiça takliflarni işlab çiqişi kerak. Uşbu çoralar metroda ertalabki 07:30-09:30, kunduzgi 12:00-14:00 hamda keçki 17:00-19:30 oraliğidagi yölovçilar oqimi yuqori bölgan vaqtlarni qamrab oladi.

Bundan taşqari, 20-dekabrgaça yölovçilar oqimi yuqori bölgan 25 ta yönalişga katta siğimli böğinli avtobuslarni jalb etiş tavsiya qilingan. Bunda Uçtepa, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib ötamiz, yaqinda Toşkent avtobuslarida reklama e’lonlari ovozini pasaytiriş masalasi ham körib çiqilgandi. Yangi qaror esa jamoat transportida harakatlaniş qulayligini oşiriş va yölovçilarning kutiş vaqtini qisqartirişga qaratilgan.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari