Endi nemis tilini biladiganlarga talab oşadi

Kelasi yildan Özbekiston maktablari va texnikumlarida nemis tilini örgatiş uçun 500 nafar til egasi jalb etiladi. Şuningdek, har bir viloyatda migratsiya markazlari oçilib, 10 ming nafar fuqaro kasb va nemis tiliga öqitilib, Germaniyada işga joylaştiriladi.
Bu haqida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlab ötkazilayotgan yiğilişda ma’lum qilindi. Yiğilişda Germaniyadan joriy yilning özida 45 ming nafar mutaxassisga buyurtma kelib tuşgani, biroq hozirgaça atigi 2 ming kişi işga joylaşgani qayd etildi. Bunga asosiy sabablardan biri – nemis tilini biladigan malakali kadrlar yetişmasligi. Şu bois, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni kasbga örgatiş bilan birga, ularning til tayyorgarligini ham kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.
Hozirning özida bu borada ayrim loyihalar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatdagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming nafar hamşira tayyorlanmoqda. Qarşidagi Ilğor kasbiy mahorat texnikumida esa germaniyalik öqituvçilar yoşlarga nemis tili va kasbiy könikmalarni örgatmoqda. Andijonda ham tadbirkor böş turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan öqituvçilar jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming nafar mutaxassis tayyorlaşni yölga qöygan. Prezident bunday tajribani boşqa hududlarda ham kengaytiriş, har bir viloyatdagi 2–3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini öqitişni taşkil etiş zarurligini ta’kidladi.
Şuningdek, Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro öquv markazida 100 nafar nemis tili öqituvçisini tayyorlaşni boşlagan. Kelasi yil boşidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qiliş vazifasi qöyildi.
“Yoşlarga ingliz tilini qanday örgatayotgan bölsak, nemis tili böyiça ham şunday yondaşuv kerak”, – dedi Prezident.
Bu yönalişdagi işlar faqat texnikumlar bilan çeklanmaydi. Kelasi öquv yilidan oliy ta’lim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi ikki karra oşiriladi. Maktab va texnikumlarda dars beriş uçun esa 500 nafar til egasi jalb etiladi. Bundan taşqari, viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga “Intil” xalqaro öquv markazi tajribasini örganiş va kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini oçiş topşirildi. Buning uçun har bir viloyatga 8 milliard sömdan ajratiladi. Yangi markazlarda 10 ming nafar fuqaroni kasb va nemis tiliga öqitib, Germaniyada işga joylaştiriş rejalaştirilgan.
Yiğilişda Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari ham Özbekiston texnikumlarida özlariga zarur mutaxassislarni tayyorlaşga qiziqiş bildirayotgani aytildi. Ular öquv dasturlarini işlab çiqiş va ta’lim muassasalarini zarur jihozlar bilan ta’minlaşga sarmoya kiritişga tayyor. Şu munosabat bilan Prezident bir oy muddatda 20 ta texnikumni tanlab, kelgusi yildan ularni xorijiy iş beruvçilar talablariga mos mutaxassislar tayyorlaşga ixtisoslaştiriş topşiriğini berdi.
Ilmira ALIZODA