09:42, Fevral 5, 2026
/
659

Qutqaruvchi bo‘lishni istovchilar diqqatiga: FVV Akademiyasiga qabul boshlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Akademiyasi respublikaning barcha jabhalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yagona yetakchi (tayanch) oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Unga qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bu akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning hujjatlari doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari (ariza bilan murojaat qilish orqali), harbiy xizmatchilarniki esa o‘zining xizmat joylarida (joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga bildirgi bilan murojaat etish orqali) rasmiylashtiriladi.

Akademiyaga o‘qishga kirish uchun arizalar va bildirgilar 1-fevral kunidan 31mart kunigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Akademiyaga o‘qish uchun:

o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan, o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar;

o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar;

➖shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari qabul qilinadi.

Nomzodlarning bo‘yi 165 sm va undan yuqori bo‘lishi shart.

Saralash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

– harbiy-professional yo‘nalish;

– dastlabki saralab olish;

– test sinovlari.

1. Harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar harbiy xizmatchi kasbining mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladi.

2. Dastlabki saralab olish tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi

Birinchi bosqich bo‘yicha saralash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

– hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

– yakka tartibdagi suhbat;

– birlamchi tibbiy ko‘rik.

3. Ikkinchi bosqich: fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun – mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-mayga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

– individual-psixologik o‘rganish;

– umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;

– yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Qabul imtihonlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash Agentligi tomonidan majburiy blokda – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematikaO‘zbekiston tarixi fanidan hamda mutaxassislik bo‘yicha – matematikafizika fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

Akademiyaga o‘qishga topshirgan nomzod dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqatli o‘tgan nomzodlarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq belgilangan tartibda imtiyozlar qo‘llaniladi.

O‘qishga qabul qilinganlar nomzodlar o‘qish jarayonida bepul mavsumiy kiyim-bosh, barcha sharoitga ega yotoqxonaoziq-ovqat va pul ta’minoti (stipendiya) bilan ta’minlanadilar. Akademiyada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlar tayyorlanadi:

1. “Yong‘in xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;

2. “Texnosfera xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;

Akademiyani tamomlagan bitiruvchilar leytenant harbiy unvoniga, bakalavr muhandis diplomiga ega bo‘ladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari