07:56, Sentabr 18, 2026
/
397

Belgiya G‘azodagi 13 talabani evakuatsiya qila olmayapti

Belgiya hukumati G‘azoda qolib ketgan 13 nafar talaba va tadqiqotchini mamlakatga olib chiqish bo‘yicha kelisha olmadi.

Talabalar Belgiyadagi universitetlarda stipendiya asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. Biroq G‘azoni tark eta olmayotgani sababli talabalar ta’limni boshlay olmayapti. 

Ularning viza olish uchun Quddus yoki Qohiraga shaxsan borishi talab etiladi, ammo hozircha G‘azodan chiqish imkoniyati yo‘q.

Belgiya hukumatidagi ayrim siyosatchilar evakuatsiyaga qarshi chiqqan. 7 ta universitet rektori esa talabalarni qo‘llab-quvvatlab, hukumatni yechim topishga chaqirgan. 

Ayni paytda talabalar Belgiyaga yetib borib, o‘qishni boshlash imkoniyatini kutmoqda.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari