08:05, Dekabr 19, 2025
/
296

Braun universiteti fojiasi: gumondor o‘lik holda topildi

AQSH prokurorining Bostondagi vakili Kristina Sterling Braun universitetidagi otishma bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Gumonlanuvchining jasadi Nyu-Xempshir shtatining Salem shahrida, Boston markazidan taxminan 30 kilometr shimolda joylashgan omborxonadan topilgan. 18-dekabrga o‘tar kechasi mazkur hududga Braun universitetidagi hodisa bilan bog‘liq tergov doirasida ko‘plab huquq-tartibot xodimlari kelgan.

Tergovchilar Braun universitetidagi hujumda gumonlangan shaxs piyoda holda yaqin ko‘chalarga qochib ketganini aytgan. Shu sababli qidiruv ishlari asosan turar joylardagi xavfsizlik kameralariga tayanib olib borilgan. Chunki o‘quv binosi va uning atrofida kuzatuv kameralari yetarli bo‘lmagan.

Shuningdek, hozirda uning Braun universitetidagi hujumdan ikki kun o‘tib Massachusets texnologiya instituti (MIT) professori o‘ldirilgan jinoyatga ham aloqadorlik ehtimoli tekshirilmoqda.

AQSH Adliya vazirligi vakillaridan biri, rasmiy izoh berish huquqiga ega bo‘lmagani sababli anonim tarzda, gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qilganini aytdi. Manbalar gumonlanuvchining shaxsi va nega tergovchilar ikki jinoyat o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin deb hisoblayotgani haqida qo‘shimcha tafsilot bermadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari