09:34, Sentabr 24, 2026
/
252

Rus adabiyoti guruhi yopilayotgani rad etildi

Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida rus adabiyoti bo‘yicha ixtisoslashgan guruh yopilayotgani va talabalar boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Filologiya fakultetining ayrim talabalari 16 kishidan iborat guruhni tarqatish rejalashtirilgani, ularga boshqa profillarga o‘tish taklif qilingani haqida “Осторожно, новости”ga ma’lum qilgan. Talabalar buni moliyalashtirish yetishmasligi bilan izohlanganini bildirgan.

Biroq universitet bu ma’lumotlarni rad etgan.

Universitet matbuot xizmatining ma’lum qilishicha:

– rus adabiyoti kafedrasi odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda;
– adabiyot modulidagi barcha fanlar to‘liq saqlanadi;
– mazkur profilda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirmoqda;
– talabalarni boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazish rejalashtirilmagan va amalga oshirilmayapti.

Shu sababli hozircha talabalar bildirgan da’volar va universitetning rasmiy pozitsiyasi bir-biridan farq qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentda rasmiy filiali ham bor.

Dilnoza Zaripova

Fikrlar (0)
Avval yangilari