09:54, Noyabr 13, 2026
/
2,4 тыс

Harbiy oliygohlarda masofadan öqiganlarga harbiy unvon berilmaydi

Özbekistonda ayrim harbiy oliygohlarning masofaviy bakalavriatiga qabul qilişning alohida tartibi belgilanmoqda. Unga köra, bitiruvçilarga oliy ma’lumot töğrisidagi diplom beriladi, ammo öqişni tugatganlik uçun harbiy unvon berilmaydi.

Özbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda uning böysunuvidagi institutlarning masofaviy bakalavriatiga nomzodlarni saralaş va öqişga qabul qiliş tartibini alohida nizom bilan belgilaş taklif etilmoqda.

Kimlar masofaviy ta’limda öqişi mumkin?

Loyihaga köra, masofaviy bakalavriatga Qurolli Kuçlar tizimida kontrakt böyiça xizmat qilayotgan oddiy askarlar va serjantlar, şuningdek, Qurolli Kuçlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar hujjat topşirişi mumkin. Sodda qilib aytganda, 1 yillik yoki 1 oylik harbiy xizmatni ötab kelgan, şuningdek, avval kontrakt asosida armiyada xizmat qilgan va hozir rezervda turgan fuqarolar ham uşbu ta’lim şakliga hujjat topşirişi mumkin.

Nomzodlar tegişli umumiy örta, örta maxsus yoki kasbiy ma’lumotga ega bölişi lozim. Demak, mazkur ta’lim şakli barça fuqarolar uçun emas, harbiy xizmat bilan boğliq muayyan toifadagi şaxslar uçun möljallangan.

Öqişga qabul qaçon boşlanadi?

Loyihada masofaviy bakalavriatga kiriş uçun dastlabki arizalarni har yili 1-martdan 15-aprelgaça qabul qiliş nazarda tutilgan. Kontrakt böyiça xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar öz harbiy qismining kadrlar bölimiga, rezervdagi harbiy xizmatga majburlar esa yaşaş joyidagi mudofaa işlari bölimiga murojaat qiladi.

Elektron röyxatdan ötiş ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçda, ya’ni 5-25-iyun kunlari nomzodlar test fanlari, imtihon tili va hududini tanlaydi. Ikkinçi bosqiçda esa testlar yakunlangaç, 15 kun davomida oliygoh, ta’lim yönalişi va masofaviy ta’lim şaklini tanlaş imkoniyatiga ega böladi.

Imtihonlar neçta fandan böladi?

Nomzodlar jami beşta fandan test topşiradi. Şundan uçtasi majburiy – ona tili, matematika va Özbekiston tarixi, qolgan ikkita fan esa tanlangan ta’lim yönalişiga qarab belgilanadi. Imtihonlar iyul-avgust oylarida ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, ularni özbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida topşiriş mumkin.

Milliy sertifikati mavjud abituriyentlarga ham belgilangan tartibda imtiyozlar qöllanadi. Jumladan, majburiy fanlardan tegişli milliy sertifikati bor nomzod uşbu fandan test topşirmaydi va unga maksimal ball beriladi. Mutaxassislik fanidan B+, B, C+ yoki C darajadagi milliy sertifikati mavjud nomzod esa undan foydalanişni tanlasa, sertifikat natijasiga mos ball oladi.

Diplom beriladi, lekin harbiy unvon berilmaydi

E’tiborli jihatlardan biri bitiruvçilarning maqomi bilan boğliq. Unga köra, masofaviy bakalavriatni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga oliy ma’lumot töğrisidagi diplom beriladi. Biroq masofaviy ta’limni tugatganlik uçun harbiy unvon berilmaydi. Masalan, serjant unvoniga ega harbiy xizmatçi masofaviy bakalavriatni tugatgan taqdirda, faqat diplom olgani uçun avtomatik ravişda ofitser unvoniga ega bölmaydi.

Öqiş neça yil davom etadi va qanday imkoniyatlar bor?

Loyihaga muvofiq, masofaviy bakalavriatda öqiş muddati tört yildan kam bölmaydi va ta’lim tölov-kontrakt asosida taşkil etiladi. Şuningdek, talabalarga yakuniy baholaş, davlat attestatsiyasi va bitiruv işini himoya qiliş uçun har öquv yilida 15 kalendar kunlik qöşimça öquv ta’tili berilişi nazarda tutilgan. Bunda tegişliça pul ta’minoti yoki örtaça iş haqi saqlanadi. Mazkur ta’til navbatdagi mehnat ta’tilidan alohida beriladi.

Eslatib ötamiz, harbiy oliygohlarda masofaviy ta’limning özi yangilik emas. Uşbu loyiha aynan qabul, öqitiş şartlari va bitiruvçilarning maqomiga oid tartiblarni alohida nizomda belgilaşni nazarda tutmoqda.

Hujjat hozirça loyiha maqomida bölib, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar undagi qoidalar özgartirilişi mumkin.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari