Harbiy xizmatchilar farzandlari uchun grantga o‘tish ballari e’lon qilindi

Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat granti kvotasi bo‘yicha 8 ta tashkilotning o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi.

Eng past o‘tish bali – Milliy gvardiyada 68 ball. Bu tashkilot uchun 731 ta kvota ajratilgan.
Eng yuqori o‘tish bali esa Ichki ishlar vazirligida – 167 ball. IIV uchun ushbu kvota bo‘yicha 124 ta o‘rin ajratilgan.
Qolgan tashkilotlarda o‘tish ballari:
– Elektron texnologiyalar markazi – 98,8 ball
– Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 105,9 ball
– Mudofaa vazirligi – 109,6 ball
– Davlat xavfsizlik xizmati – 117,9 ball
– Harbiy prokuratura – 121,8 ball
– Prezident davlat xavfsizlik xizmati – 149,9 ball
Bundan tashqari, IIV xodimlari farzandlari uchun yana 1 828 ta qo‘shimcha grant kvotasi mavjud bo‘lib, bu kvota bo‘yicha o‘tish bali 78,6 ballni tashkil qilgan.
Ya’ni ayrim imtiyozli kvotalarda nisbatan past ball bilan ham 4 yillik grant asosida o‘qishga kirish imkoniyati mavjud.
Manba: Xushnudbek.uz telegram kanali.