07:31, Sentabr 25, 2026
/
350

Hindiston 2-o‘rinda: O‘zbekistonga qaysi davlatlardan o‘qish uchun kelishmoqda?

Oʻzbekistonga taʼlim olish maqsadida kelayotgan xorijliklar oqimi sezilarli darajada koʻpaydi. Statistika agentligi xabariga koʻra, 2026-yilning yanvar-avgust oylari oraligʻida jami 29 548 nafar chet el fuqarosi aynan oʻqish uchun yurtimizga tashrif buyurgan. Bu natija oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 ming kishiga, yaʼni 2,1 barobarga oshganini koʻrsatadi.

Ushbu davr mobaynida oʻqish uchun kelgan xorijliklarning davlatlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

➖Turkmaniston (11 986 nafar),

➖Hindiston (6 163 nafar),

➖Tojikiston (2 271 nafar),

➖Xitoy (1 311 nafar),

➖Pokiston (1 252 nafar),

➖Qirgʻiziston (1 028 nafar),

➖Misr (852 nafar),

➖Koreya Respublikasi (732 nafar),

➖Filippin (620 nafar) hamda boshqa davlatlardan 3 333 nafar talaba kelgan.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari