Hindistonliklar ogohlantirildi: diplomlar tan olinmasligi mumkin

Hindiston hukumati Özbekistonda tibbiyot yönalişida tahsil olişni rejalaştirayotgan fuqarolarini ta’lim sifati va belgilangan xalqaro talablarga e’tibor qaratişga çaqirdi. Ogohlantirişga köra, öqiş jarayoni Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasi (NMC) talablariga mos kelmasa, bitiruvçilarning diplomi Hindistonda tan olinmasligi va ularga şifokorlik faoliyati uçun litsenziya berilmasligi mumkin.
Hindiston Taşqi işlar vazirligi Özbekistonda tibbiy ta’lim olayotgan talabalar masalasida mamlakatimizning tegişli idoralari bilan doimiy muloqot olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda India Tribune naşri xabar berdi.
Hindiston Özbekiston bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Nyu-Dehlida ötkazilgan haftalik matbuot brifingida Hindiston TIV matbuot kotibi Randhir Jaysvaldan sönggi paytlarda Özbekistonda MBBS (tibbiyot bakalavriati) yönalişida tahsil oliş uçun kelayotgan hindistonlik talabalar soni kamaygani haqida söralgan.
Javobda u Hindiston hukumati xorijda, jumladan, Özbekistonda ta’lim olayotgan fuqarolarining sifatli bilim olişini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.
“Hukumat Özbekistonga ta’lim oliş uçun ketayotgan, şu jumladan tibbiyot sohasini tanlagan talabalarimiz Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasi standartlariga töliq mos keladigan sifatli ta’lim olişini ta’minlaşga e’tiborini qaratgan”, – degan Randhir Jaysval.
Şuningdek, vazirlik vakili talabalarni Hindiston va Özbekistondagi insofsiz şaxslar tomonidan çalğitiş yoki ularning işonçidan foydalaniş holatlarining oldini oliş muhimligini qayd etgan.
Diplom tan olinişi uçun beşta talab bajarilişi kerak
Hindistonning Toşkentdagi elçixonasi va Milliy tibbiyot komissiyasi xorijda tibbiy ta’lim olişni rejalaştirayotgan fuqarolar uçun maxsus tavsiyanomalar e’lon qilgan. Ularda talabalar oliygoh tanlaş, öqişga kiriş va şartnoma imzolaşdan oldin ta’lim şaroitlarini sinçiklab örganişi kerakligi uqtirilgan.
Bundan taşqari, 2026-yil aprel oyida Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasi xorijda tibbiy ta’lim olmoqçi bölgan talabalar uçun alohida ogohlantiriş bergan edi.
Komissiya ayrim hindistonlik talabalar belgilangan me’yorlarga javob bermaydigan, tegişli ruxsatga ega bölmagan yoki ofşor dasturlar asosida faoliyat yurituvçi xususiy tibbiyot muassasalariga öqişga kirayotganini bildirgan.
Bunday ta’lim muassasalarida öquv muddati, dars jadvali va kasbiy tayyorgarlik talablari Hindiston qonunçiligida belgilangan me’yorlarga mos kelmasligi mumkin.
Komissiya xorijda tibbiyot yönalişida tahsil olayotgan talabalar quyidagi beşta talabga rioya etişi şartligini ta’kidlagan:
– ta’lim kursining belgilangan davomiyligi;
– ta’lim olib boriladigan til;
– öquv dasturi va sillabus;
– klinik amaliyot jarayoni;
– amaliy maşğulotlar.
Milliy tibbiyot komissiyasi uşbu talablardan çetga çiqiş jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini ogohlantirgan. Xususan, talablar bajarilmagan taqdirda bitiruvçilar Hindistonda şifokor sifatida röyxatdan öta olmasligi, kasbiy litsenziya oliş huquqidan mahrum bölişi mumkin.
Şu bois Hindiston tomoni fuqarolarini xorijiy tibbiyot oliygohini tanlaşda şoşilmaslikka, universitetning ta’lim dasturi va şaroitlarini oldindan tekşirişga çaqirmoqda.
Ilmira ALIZODA