14:20, Iyun 18, 2026
/
245

O‘qishga kiritishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida hokim yordamchisi fuqaroni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 1400 AQSH dollari (16 786 000 so‘m) olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qilishicha, Hazorasp tumanidagi “Ziyolilar” mahallasi hokim yordamchisi I.R. fuqaro D.R.ni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, buning evaziga 1400 AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u so‘ralgan mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berishga dalolat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari