07:54, Iyul 6, 2026
/
290

Kasbiy (ijodiy) va IQ imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar hamda Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” va “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ imtihoni topshiradigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. Ruxsatnomalar abituriyentlarning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

Abituriyentlar ruxsatnomani shaxsiy kabinet orqali yuklab olishlari mumkin. Unda imtihon topshiriladigan joy, sana, vaqt va guruh haqidagi barcha zarur ma’lumotlar aks etgan.

Imtihon topshirishdan oldin e’lon qilingan manzil (lokatsiya) bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Imtihonga pasport (ID karta) va ruxsatnoma bilan kelish lozim.

Shuningdek, imtihon kuni belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin imtihon o‘tkaziladigan hududga yetib kelish tavsiya etiladi. 

Oliygohlarga ruxsatnoma olish uchun video qo‘llanma bu yerda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari