08:06, Iyul 31, 2026
/
353

Ikki nafar talaba temiryo‘l infratuzilmasiga o‘t qo‘yganlikda gumonlanmoqda

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Moskvaning Paveletskiy yo‘nalishidagi temir yo‘l infratuzilmasiga o‘t qo‘yishda gumon qilingan ikki nafar chet ellik talaba qo‘lga olindi.

Tergovga ko‘ra, noma’lum shaxs messenjer orqali talabalardan biriga pul evaziga transport infratuzilmasini yoqib yuborishni taklif qilgan. Talaba bu taklifga rozi bo‘lib, tanishini ham jalb qilgan. Ular topshiriqni bajarib, jarayonni videoga olgan va buning evaziga har biri 300 dollar olgani aytilmoqda.

Hodisa oqibatida poyezdlar harakati izdan chiqmagan biroq, holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (terrorchilik harakati) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud gumonlanuvchilarni tergov davri uchun hibsga olingan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari