12:32, Iyun 12, 2026
/
369

Imtihonga shoshilgan talaba chuqurga qulab tushdi

Ozarbayjonning Boku shahrida 19 yoshli talaba Asker Jabbarov imtihonga ketayotgan paytda universitet binosi yonida qazilgan chuqurga qulab tushdi. Bu haqida Oxu.Az Real TVga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yigitni boshqa talabalar hushsiz holatda topgan. U turli jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan va operatsiya qilingan.  Talabaning onasi Gulsara Jabbarovaning aytishicha, qurilish ishlarini olib borgan kompaniya hodisadan keyin jabrlanuvchining ahvoli bilan qiziqmagan. Ona, shuningdek, qurilish maydonidagi xavfsizlik choralaridan ham norozi.

Xabarda keltirilishicha, talaba miya jarohati olgan va bir necha operatsiyani boshdan kechirgan. Kompensatsiya masalasi bo‘yicha rasmiy qaror yoki sud hujjati haqida ma’lumot keltirilmagan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari