Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Ozarbayjonda institutlardan biri tugatiladi

Naxchivon davlat universiteti tarkibiga Naxchivon o‘qituvchilar instituti qo‘shiladi.
Bu haqidagi qarorni Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov imzolagan.
Qarorga ko‘ra, Naxchivon davlat universiteti institutning huquqiy vorisi hisoblanadi. Institutning barcha huquq va majburiyatlari, shuningdek, mol-mulki universitetga o‘tkaziladi.
Qaror ijrosi bilan bog‘liq masalalarni esa Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi hal qiladi.
Dilnoza Zaripova
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти