Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalqaro IQ indeksining Top 100 taligiga kirdi!

Bu haqida Worldwide IQ Test platformasi e’lon qilgan. Saytda yozilgan xabarlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning o‘rtacha IQ darajasi 93,62 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, platformada “Oʻzbekistonda koʻplab aqlli fuqarolar IQ darajalarini oshirish uchun qattiq mehnat qilmoqda. Bizning veb-saytimiz Oʻzbekistonni eng yuqori oʻrtacha intellekt koeffitsiyentiga ega mamlakatlar roʻyxatida 97-oʻringa joylashtirgan. Oʻrtacha ball 93.62 boʻlib, bu yaxshi natija!” – degan izoh qoldirilgan.
Qo‘shnilarimizdan Qozog‘iston 95,54 ko‘rsatkish bilan 88-o‘rinda, Tojikiston 95-o‘rinda, Qirg‘iziston esa 105-o‘rinda turibdi.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти