09:25, Oktabr 12, 2026
/
1,8 тыс

Ish beruvchi bitiruvchini sinov muddatisiz ishga oladi, faqat…

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 129-moddasi bilan ishga olishda “dastlabki sinov belgilanmaydigan holatlar” belgilab berilgan.

Moddaga ko‘ra, quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov muddati belgilanmaydi:

➖Davlat grantlari asosida o‘qigan va оliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan оliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga;

➖Tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan Kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va оliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga.

Eng muhimi ushbu imtiyozlar amal qilishi uchun 3 ta asosiy talab bir vaqtda bajarilishi kerak:

Mutaxassislik mosligi: Ish diplomdagi yo‘nalishingizga aynan mos kelishi lozim.

Vaqt cheklovi: O‘qishni bitirgandan so‘ng belgilangan muddat (3 oy yoki 1 yil) o‘tib ketmagan bo‘lishi zarur.

Birinchi ish joyi: Ushbu mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyatingiz birinchi bor rasmiylashtirilayotgan bo‘lishi kerak.

Xullas, ish beruvchi yosh bitiruvchini “tajribang yo‘q, sinab ko‘ramiz” deb sinov muddati bilan ishga olishi qonunga zid. Agar ushbu shartlar bajarilgan bo‘lsa, bitiruvchi birinchi kundanoq to‘laqonli xodim sifatida ishga kirishlari shart!

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari