14:44, Aprel 9, 2025
/
131

Ishda musiqa xato qilish xavfini oshiradi

Musiqani ishda emas,  savdo markazlari, fitnes zallari va umumiy ovqatlanish joylarida eshitish kerak. Ish vaqtida musiqa eshitish xodimlarda  charchoqni keltirib chiqarib, xato qilishga majbur qilar ekan.

Gap shundaki, AQShning Ogayo shtati universiteti olimlari 166 nafar ko’ngilli ishtirokida tadqiqot o’tkazishdi. Natijada musiqa balandligi, tezligi, murakkabligi va hissiy mazmuni bo’yicha o’zlari yoqtirmagan ya’ni “asabiylashtiruvchi” musiqa deb bilganlar ko’proq charchoqni – aqliy oqsoqlik hissini boshdan kechirishgan. Kishi o’ziga yoqmagan  musiqa tinglashi tufayli kayfiyat va ish qobiliyatining pasayib ketishi mumkin ekan.

Shuning uchun, ish joyida musiqa tanlashda xodimlarning shaxsiy didlarini inobatga olish, yoki umuman musiqa tinglamaslik tavsiya etiladi. Agar musiqa tinglash zarur bo’lsa, unda odamlarning aksariyatiga yoqadigan, tinchlantiruvchi va diqqatni jamlashga yordam beradigan instrumental musiqani tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Manba:Раздражающая музыка на работе повышает риск ошибок – Oxu.az

Fikrlar (0)
Avval yangilari