07:55, Sentabr 9, 2026
/
397

Kelasi yildan “Diplomatiya”ga qabul tartibi o‘zgaradi (video)

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) bu yil reja bo‘yicha atigi 550 nafar abituriyent qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ammo sertifikatlar va imtiyozlar sababli 3 200 nafar abituriyent maksimal – 189 ball to‘plagan. Natijada, joriy qabulda 189 ball olgan barcha abituriyentlar talabalikka tavsiya etildi.

Vazirning qayd etishicha, bu holat kelasi yildan takrorlanmasligi uchun qabul tartibiga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Bunda har bir yo‘nalish spesifikatsiyasidan kelib chiqib qo‘shimcha imtihonlar joriy etilishi mumkin.

Video

Fikrlar (0)
Avval yangilari